1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston eng ko‘p muzqaymoqni qaysi davlatdan import qilmoqda?

Statistika agentligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston eng ko‘p muzqaymoqni qaysi davlatdan import qilmoqda?

 

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

 

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.

 

2023 yilning 4 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan (330 tonna) muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari import qilingan.

 

Shuningdek, Qozog‘istondan 127,2 tonna, Qirg‘iz Respublikasidan 16,4 tonna, Litvadan 8,6 tonna, Fransiyadan 7,4 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari import qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика