1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Eronga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston TIV Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Eronga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

Vazirlik ushbu maʼlumotni chuqur tashvish bilan qabul qilgani aytiladi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

 

“Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz”, — deyiladi TIV munosabatida.

 

O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronga barcha yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildirdi.

 

19 may, yakshanba kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Ozarboyjon chegarasi yaqinida "qattiq qo‘nishni" amalga oshirdi. 

 

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan. Vertolyotni qidirish davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика