
Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Filippin Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Tereza Lazaro boshchilik qilishdi.
Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Filippin munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Muntazam siyosiy muloqot va madaniy hamkorlikni kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi bildirildi.
Taʼkidlanishicha, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama etilgan bo‘lib, Filippin tomoni qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va turizm sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirdi.
Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi va ayrim mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.


