1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zbekiston fuqarolari Mo‘g‘ulistonga vaqtincha vizasiz kirishi mumkin

Mo‘g‘ulistonga O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etildi.

O‘zbekiston fuqarolari Mo‘g‘ulistonga vaqtincha vizasiz kirishi mumkin

 

Bu haqda bugun, 3 iyun kuni O‘zbekiston TIVda bo‘lgan uchrashuvda Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin maʼlum qildi.

 

Uchrashuvda shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida salmoqli salohiyat mavjudligiga eʼtibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarning Mo‘g‘uliston bozoriga eksportini orttirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarining istiqbollari, shuningdek, Mo‘g‘uliston delegatsiyasining 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.

 

Muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarda hamkorlik dasturi;

O‘zbekiston Transport vazirligi va Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi protokol.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика