1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston hukumati a’zolari tasdiqlandi

Bu bo'yicha Prezident farmoni imzolandi.

O‘zbekiston hukumati a’zolari tasdiqlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining aʼzoligiga nomzodlar maʼqullandi. Unga ko‘ra:

 

  • Ochilboy Ramatov — bosh vazir o‘rinbosari;

     

  • Jamshid Qo‘chqorov — bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri;

 

  • Jamshid Xo‘jayev — bosh vazir o‘rinbosari;

 

  • Zulayxo Mahkamova — bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

 

  • Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;

 

  • Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;

 

  • Ibrohim Abdurahmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri;

 

  • Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri;

 

  • Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;

 

  • Ilhom Mahkamov — transport vaziri;

 

  • Jo‘rabek Mirzamahmudov — energetika vaziri;

 

  • Bobir Islamov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;

 

  • Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri;

 

  • Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;

 

  • Asilbek Xudoyorov — sog‘liqni saqlash vaziri;

 

  • Hilola Umarova — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;

 

  • Qo‘ng‘irotboy Sharipov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

 

  • Adham Ikromov — sport vaziri;

 

  • Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri;

 

  • Akbar Toshqulov — adliya vaziri;

 

  • Baxtiyor Saidov — tashqi ishlar vaziri;

 

  • Abdulla Qo‘ldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri;

 

  • Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri;

 

  • Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri etib tayinlandi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика