AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, O‘zbekiston alkogol isteʼmoli bo‘yicha 189 ta mamlakat ichida 124-o‘rinda qayd etilgan.
Mamlakatda alkogol isteʼmoli 2019 yil holatiga aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 2,45 litr alkogol to‘g‘ri keladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, aholisi eng ko‘p ichadigan mamlakatlar beshligiga Latviya (12,9 litr), Chexiya (12,73 litr), Litva (11,93 litr) va Avstriya (11,9 litr) kiradi.
Reytingni eng yuqori pog‘onasini Tinch okeanidagi Kuk orollari band qilgan.


