Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari boshlanishiga bir kun qolganda O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi barcha natijalari bekor qilindi.
Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, mamlakat terma jamoasida bir qator o‘yinchilarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan.
O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bu borada Xalqaro gandbol federatsiyaga apellyatsiya xati jo‘natgan.


