1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha Rossiya bilan muzokaralarni yakunladi

Tomonlar bozorga kirish bo'yicha protokol imzoladilar.

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha Rossiya bilan muzokaralarni yakunladi

 

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

 

21-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish masalalari bo‘yicha muzokaralarni yakunlovchi tegishli protokol imzolandi.

 

Qayd etilishicha, muzokaralar izchil, mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tkazilib, ijobiy natija bilan yakunlangan.

 

Azizbek Urunovning ta’kidlashicha, hozirda asosiy e’tibor ko‘p tomonlama muzokaralarni yakunlash, JST talablariga muvofiq qonunchilikdagi zarur o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda kelgusi yilda a’zolik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика