1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda Latviya bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ymoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Latviya Respublikasi Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda Latviya bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ymoqda

Uchrashuvda ikki idora o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

 Latviya tomoni Byuroga yuklatilgan vazifalar, korrupsiyaga qarshi kurashishda Byuroning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalari va “Transparency International” kabi xalqaro reytinglarda mamlakatning o‘rinini yaxshilash, GRECO (Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi)  tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘nalishidagi faoliyat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
 Latviya tomoni bilan o‘zaro qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlar yuzasidan, jumladan,  davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishlarni tashkil etish kabi sohalarda Latviya Respublikasining qonun hujjatlarini O‘zbekistonlik hamkasblarga taqdim etilishi hamda   Latviyaning vakolati organlari ekspertlari ishtirokida uchrashuvlarni tashkil etilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Konstruktiv muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuv yakunida ikki idora o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni va doimiy muloqotni o‘rnatish, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, tajriba almashish maqsadida xizmat safarlari tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

 Ma’lumot uchun: Latviya Respublikasi Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli davlat organi bo‘lib, 2003-yildan faoliyat yuritib keladi. Byuroga korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga oid jinoyat ishlarini tergov qilish va korrupsiyaga qarshi o‘qitish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan. “Transparency International” xalqaro nodavlat tashkilotining 2020 yildagi korrupsiya darajasi past bo‘lgan davlatlar ro‘yxati reytingida Latviya 42, O`zbekiston esa 146  o‘rinni egallagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика