1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng xavfsiz davlat deb topildi

Numbeo portali 2025 yilning birinchi yarim yilligidagi eng xavfsiz davlatlar ro'yxatini e’lon qildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng xavfsiz davlat deb topildi

Numbeo portali e’lon qilgan 2025 yilning yarim yillik xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqorilab, 25-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich mamlakatni Markaziy Osiyo bo‘yicha eng xavfsiz davlat sifatida qayd etdi. Reytingda jinoyatchilik darajasi pastligi, jamoat joylarida o‘zini erkin his qilish imkoniyati va huquqni muhofaza qilish organlariga ishonch darajasi hisobga olinadi.

 

Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 73-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 101-o‘rinni egalladi. Afg‘oniston ro‘yxatda 145-o‘ringa joylashdi. Turkmeniston va Tojikiston bu yilgi indeksga kiritilmagan.

 

Numbeo’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Singapur, Quvayt va Tayvan eng xavfsiz davlatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa Yevropa va Osiyoning ko‘plab rivojlangan davlatlaridan ham yuqori o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassislar bu natijani mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan xavfsizlik sohasidagi raqamli monitoring, profilaktik chora-tadbirlar va huquqni muhofaza qilish tizimining islohoti bilan bog‘lamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика