O‘zbekiston 2023-yilning may oyida 30 ming tonnadan ortiq tarvuz eksport qildi va eksport mavsumi boshida tarixiy rekord o‘rnatdi, deydi EastFruit tahlilchilari. Mutaxassislarning fikricha, o‘zbek tarvuzi yangi hosilining birinchi partiyalarini tashqi bozorlarga jo‘natish 2023-yil may oyining birinchi o‘n kunligida, o‘tgan yilgidan bir haftaga ertaroq boshlangan.
Dastlabki savdo statistika maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil may oyida O‘zbekiston jami 6,5 million dollarlik 30,4 ming tonna tarvuz eksport qildi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan fizik ko‘rinishda 9 baravar va 2021-yil may oyiga nisbatan 12 barobar ko‘pdir. Qayd etilishicha, uhbu hajmning deyarli barchasi (99 foizdan ortig‘i) YEOII mamlakatlariga jo‘natilgan.
«Shu bilan birga, O‘zbekistondan tashqi bozorlarga tarvuz jo‘natishning eng faol davri may oyining uchinchi o‘n kunligi bo‘lib, butun oy davomida eksportning qariyb 95 foizini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, may oyining so‘nggi o‘n kunligida 29 ming tonnaga yaqin o‘zbek tarvuzi tashqi bozorga jo‘natildi, yaʼni. kuniga o‘rtacha 2,6 ming tonna», — deydi mutaxassilar.
Tahlilchilarning xulosalariga ko‘ra, o‘zbek tarvuzining joriy eksport mavsumining bunday optimistik boshlanishi 2023-yil oxirigacha O‘zbekiston ushbu mahsulotning o‘tgan yilgi rekordini yangilashi mumkinligini ko‘rsatadi.


