Bugun Qatarda start olgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining 1-tur bahslari davom ettiriladi. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi dastlabki turda Malayziya bilan to‘qnash keladi.
Temur Kapadze murabbiyligidagi jamoa futbolchilari malayziyalik tengdoshlariga qarshi bahsda oq rangli liboslarda harakatlanadi. Uchrashuvga Doha shahridagi “Khalifa International” stadioni mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
“D” guruhidagi ikkinchi o‘yinda Quvayt va Vetnam jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.


