6 fevral kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistan bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 3 martda Islomobod shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.


