1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Majmua Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

 

Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30-yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.

 

Prezidentimiz boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика