
Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Saylov okruglari ro‘yxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi ko‘rsatilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
Yig‘ilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli guvohnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kelgusida OAVdan murojaaatlar bo‘yicha MSK ularning akkreditatsiyasini o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.


