1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekiston Prezidentining intervyusi Ispaniyada chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekiston gazetasiga bergan intervyusi matni El Mundo Finansiero xalqaro internet-nashrida ispan tilida chop etildi.

O‘zbekiston Prezidentining intervyusi Ispaniyada chop etildi

Taʼkidlash joizki, ushbu intervyu xalqaro ekspertlar diqqat eʼtiborida bo‘lib turgan katta voqea bo‘ldi. Xususan, bundan avvalroq Ispaniyaning yetakchi nashrlardan biri bo‘lgan "De Aqui El Periodiso" ham o‘z sahifalarida davlatimiz rahbari intervyusining to‘liq matnini eʼlon qilgandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bundan tashqari, ko‘plab yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari sermazmun va dasturiy intervyuni tarjima qilib, o‘z manbalarida chop etmoqda. Bu, shubhasiz, O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishiga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga xorijda katta qiziqish borligidan dalolat beradi. Bugungi kungacha Islom hamkorlik tashkilotining "OIS Today" ixtisoslashtirilgan jurnali, Xitoyning "Psearcher" jurnali elektron portali, Pokistonning "The Daily Spokesman" va "The Daily Ittehad" gazetalari, "Pakistan in the World" jurnali, "Pakistan Esonomis Net" axborot portali, Italiyaning "Lo Spessore" onlayn-jurnali, Kuvaytning "The Times Kuwait" gazetasi va boshqa manbalar davlatimiz rahbari intervyusini turli tillarda eʼlon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика