Bojxona qo'mitasi xabariga ko‘ra, “Sirdaryo” va “S.Najimov” chegara bojxona postlarida 15-fevraldan Qozog‘iston tomonining rekonstruksiya ishlarini olib borishi munosabati bilan piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tn.gacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.
Fuqarolar ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kunu-tun bo‘lgan “G‘ishtko‘prik” va “Yallama” hamda ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan “Malik” va “Oq oltin” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.


