1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Rossiya avtosanoatiga ehtiyot qismlari sotmoqda

Shu bilan birga hozirda Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish maydonlari yopilgan.

O‘zbekiston Rossiya avtosanoatiga ehtiyot qismlari sotmoqda

 

O‘zbekiston Rossiyaga ehtiyot qismlari yetkazib beryapti. Bu haqda UzAuto boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AvtoVAZ, GAZ va Stellantis‘ga tashqi yoritish moslamalari, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari va kuzov detallari sotilmoqda.

 

Shukurov Toshkent takliflar uchun ochiqligini aytgan.

 

Bundan tashqari, sanksiyalar tufayli boshqa avtozavodlar kabi O‘zbekiston  ham Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish maydonlarini yopgan. Bunga asosan turli komponentlar yetishmasligi sabab bo‘lmoqda.

 

Asosan, logistika va sanksiyalar tufayli ehtiyot qismlari yetishmovchiligi kuzatilyapti.

 

Avvalroq “UzAuto Motors” eng yaxshi xodimlarini taqdirlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика