1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi

2025-yilgi xalqaro tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatda SI texnologiyalaridan foydalanish darajasi atigi 6,3 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi

 

2025-yilda O‘zbekiston sun’iy intellektdan (SI) foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 147 ta davlat orasida 141-o‘rinni egalladi. Microsoft’ga qarashli Iqtisodiyot va sun’iy intellekt instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra rayting e'lon qilindi. Bu haqda Kazinform nashri xabar berdi.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish darajasi 6,3 foizdan oshmaydi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston dunyo reytingining eng quyi pog‘onalaridan joy olgan bo‘lib, undan keyin faqat Suriya va Shri-Lanka qayd etilgan.

 

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ham farq sezilarli. Masalan, Qozog‘istonda sun’iy intellektdan foydalanish darajasi 13,7 foizni tashkil etib, bu mamlakatga global reytingda 71-o‘rinni egallash imkonini bergan. Tojikiston va Turkmaniston esa O‘zbekistonga yaqin ko‘rsatkichlar bilan quyi o‘rinlarda joylashgan.

 

Shu bilan birga, O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha ayrim tashabbuslar mavjud. Xususan, joriy yilda zilzilalarni sun’iy intellekt yordamida bashorat qilish tizimini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, mutaxassislar bu kelgusida texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика