1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashi kongressida taqdim qilindi

Unda mamlakatda taʼlimni transformatsiya qilish rejalari haqida maʼlumot berilgan.

O‘zbekiston taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashi kongressida taqdim qilindi

 

Ayni kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.

 

Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev O‘zbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga to‘xtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston 2022 yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli o‘quvchilar bilimini hayotga qo‘llay olishini baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика