1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Abdulaziz Kamilov boshqa lavozimga tayinlandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Norov Vladimir Imamovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Kamilov Abdulaziz Hafizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Usmanov Bobur Masudovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика