1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

Hozirda mamlakatda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat borligi aytilmoqda.

O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

 

Telegram haqidagi mualliflik kanali asoschisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi statistikasi bilan o‘rtoqlashdi.  

 

Uning taʼkidlashicha, O‘zbekiston kanallar soni bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. 

 

«O‘zbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi bo‘yicha ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘rinda turadi. O‘zbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi», deb yozgan Lobushkin.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli ko‘rinadi. 

 

Lobushkinning xabar berishicha, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat bor. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика