1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘onaga ko‘tarildi

Jamoa 55-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston milliy futbol jamoasi JCH–2026 saralash bosqichining so‘nggi turida Qatarga qarshi muhim g‘alabaga (3:0) erishgani sababli FIFA reytingida 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 55-o‘rinni egalladi.

 

Kecha qo‘lga kiritilgan g‘alaba jamoamizga 13,40 ochko olib keldi. Endilikda O‘zbekistonning umumiy reyting ochkolari 1 449.12 ga yetdi.

 

Qatar esa ayni o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 13,40 ochkoni yo‘qotdi va 53-o‘ringa tushdi. Bu jamoa ilgari Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng 50-pog‘onagacha ko‘tarilgan edi.

 

Osiyo jamoalari orasida O‘zbekiston hozirda 6-o‘rinni egallab turibdi. Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya esa mintaqadagi yetakchilar bo‘lib qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика