1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralari xaritalarda aniq belgilanadi

24-29 avgust kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya  komissiyasi yig‘ilishi doirasida ikki davlat hukumatlari ishchi guruhlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Aziya Plyus habar berdi.

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralari xaritalarda aniq belgilanadi

 

 

Muzokaralar davomida davlatlar chegaralaridagi demarkatsiya chizig‘i loyihasi hamda chegarada maxsus belgilar joylashtirish yuzasidan fikr almashiladi.

 

Xabarda aytilishicha, rasmiy Toshkent va Dushanbe ishchi guruhlarga 2021 yil yakuniga qadar ikki davlat o‘rtasida chergara to‘siqlarini aniq belgilash tartibini tasdiqlash borasida topshiriq bergan. Ishchi guruh tarkibiga kartograflar, TIV va chegara xizmati vakillari kirgan.

 

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 2019 yil davlat chegaralarini delimitatsiya qilish yakunlangan. Tomonlar o‘shanda chegara chizig‘i o‘tishini yozma ravishda kelishib olgan edi. Endi demarkatsiya natijasida xaritalarda davlat chegaralari aniq ko‘rsatiladi.

 

2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi davomida o‘zbek-tojik chegarasining ayrim uchastkalari haqida shartnoma imzolangan edi.

 

O‘zbekistonnnig Tojikiston bilan umumiy chegarasi 1332 kilometrni tashkil etadi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика