O‘zbekiston “Tolibon”ga O‘zbekistonga olib o‘tilgan afg‘on samolyotlarini qaytarmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Ismatulla Ergashev “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida aytgan.
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, bu samolyotlar aqsh mulki va uni tasarruf etish huquqiga ega. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu borada Toshkent va Vashington o‘rtasida kelishuv bor. Bu bo‘yicha esa toliblarning xabari bor.
Pentagon vakili mayor Rob Lodvik Tojikistonda ham samolyotlarni “Tolibon”ga taqdim etish niyati yo‘q.
Avvalroq Xitoydagi Afg‘oniston elchixonasi qayta ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


