1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va AQSHlik olimlar yangi paxta navini yaratdi

U vilt kasalligiga chidamli ekani aytilmoqda.

O‘zbekiston va AQSHlik olimlar yangi paxta navini yaratdi

 

O‘zbekistonlik olimlar va AQSH tadqiqotchilari viltga chidamli paxta navini yaratishdi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova xabar qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tadqiqotlarda O‘zbekiston FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari ishtirok etgan va bu Amerika o‘simlikshunoslik jamiyatining “Journal of Plant Registrations” ilmiy nashrida chop etilgan.

 

Tadqiqotchilar chatishtirish orqali paxtaning yangi liniyalar germplazmasini yaratgan. Germplazma yana genetik resurs ham deb ataladi va u selesionerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini kengaytirishga yordam beradi.

 

Uchta yangi liniya – PSSJ-FRP01, PSSJ-FRP02 va PSSJ-FRP03 – vilt kasalligiga chidamliligini namoyon etgan. Ularning har biri turli xarakterga ega bo‘lishiga qaramay, kasallikka chidamliligi va tola sifatining yaxshiligi bilan ajralib turadi.

 

Vilt zamburug‘i odatda o‘simlikning ildiziga zarar yetkazib, poyasi va barglarini quritadi, hosilni nobud qiladi. Mazkur yangi liniyalar genetik resurs bo‘lib, olimlar ulardan yangi nav olish ustida ham ishlamoqda. Genomika va bioinformatika markazi olimlari hozirda mazkur liniyalardan olingan “Matonat” deb nomlanishi kutilayotgan navni sinovdan o‘tkazmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика