Joriy yilning 22-may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mehdi Safariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ilm-fan va innovatsiya sohasida hamda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari doirasida ikki davlat tomonidan eʼlon qilingan qo‘shma “startap” loyihalari ijrosini jadallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


