1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida memorandum imzolandi

Dasturda “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida memorandum imzolandi

 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 4-5-may kunlari Tbilisi shahrida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 57-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.

 

Tadbir doirasida investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev va OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov umumiy qiymati 3,5 mlrd AQSH dollarlik 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzoladilar.

 

Dasturda har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan va “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика