Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma deklaratsiya va Oliy darajadagi ikki tomonlama Strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi protokolni imzoladilar.
Ushbu hujjatlar O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:
• Fan, texnika va innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;
• Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Professional taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Yoshlar siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Milliy axborot agentliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va kelishuvlar va boshqa hujjatlar.


