Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘llari aniqlandi.
Joriy yilning 3 va 9 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yer osti yo‘llari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


