1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy taʼlim va undan keyingi taʼlimda hamkorlik qiladi

Bu bo‘yicha Toshkentda  bitim imzolangan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy taʼlim va undan keyingi taʼlimda hamkorlik qiladi

 

Kecha, 10 mart kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prazident qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика