O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo operatsiyalari hisob-kitoblarining qariyb 60 foiz allaqachon milliy valyutalarda amalga oshirilyapti, O‘zbekiston bu jarayonni faollashtirishga tayyor. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisi Mamarizo Normurotov maʼlum qildi.
“Eksport-importdagi hisob-kitoblarning taxminan 57 foizi allaqachon rubl va so‘mda amalga oshirilmoqda”, — dedi Normurotov Samarqanddda xalqaro iqtisodiy forumidoirasida.
Shuningdek, MB raisi O‘zbekiston bu jarayonni “Aziya-Invest bank” ko‘magida faollashtirishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
“Aziya-Invest bank” AJ – “Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston milliy banki” AJ ning Rossiyadagi shoʻba banki hisoblanadi. U ikki mamlakat moliya-bank sohasida milliy kapitaldan foydalanishning ilg‘or shakllarini rivojlantirishga yordam beradi.


