1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 8 ta hujjat tasdiqlandi

Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 8 ta hujjat tasdiqlandi

 

Delegatsiyalar rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligini yana-da kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi.

 

Xususan, taʼlim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.

 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика