1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston–Vyetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Vyetnam delagatsiyasi bilan kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston–Vyetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qilmoqda.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv avvalida Vyetnam delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vyetnam Prezidenti Nguyen Suan Fukning samimiy salomini yetkazdi.

 

Muzokaralar chog‘ida sholichilik, paxtachilik, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlarini, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

 

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish maqsadida yaqin oylarda ekspertlar darajasida o‘zaro tashriflar o‘tkazilishi, Hukumatlararo komissiya faoliyati qayta tiklanishi hamda O‘zbekiston-Vyetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.

 

Parlamentlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ta’limga oid va boshqa qo‘shma gumanitar dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика