O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi, deya xabar bermoqda “Yangi O‘zbekiston” nashri.
N.Hamroqulov 1946 yilning 18 iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rasomlik sanʼati instituti (hozirgi Sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967 yildan Andijon teatrida, keyichalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Xonandaning repertuaridan «Samarqand ushshog‘i», «Toshkent irog‘i» kabi ko‘plab mumtoz qo‘shiqlardan tortib, «Olamni asrang», “Raʼno”, «Soy ko‘rdim», “Shirinliging”, «Kuldi bahorim», “Turnalar”, «Ajab sirlar» kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.
2020 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.