1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston xalq artistining uyidan qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

O‘g‘rilar topilgan. Lekin qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan.

O‘zbekiston xalq artistining uyidan qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

 

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda.

 

Malika Ahmedovaning maʼlum qilishicha, tilla taqinchoqlar, brilliant va boshqa qimmatbaho toshlar ota-onasidan meros bo‘lib qolgan. Qimmatbaho buyumlar o‘tgan yilning 28 dekabr kuni uyiga o‘g‘ri tushib, o‘g‘irlab ketgan.

 

O‘g‘rilar tezda topilgan. Lekin qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. Ularning umumiy qiymati 600 ming dollarga baholangan.

 

Xalq artisti bu uyushtirilganidan gumonini bildirgan. Chunki o‘g‘rilar Navoiydagi qamoqxonadan chiqqanidan uch-to‘rt kun o‘tib Toshkentga kelgan va Malika Ahmedovaning uyini tunab ketishgan.

 

Tergovchilar o‘g‘rilar bilmasdan qimmatbaho taqinchoqlarni 250 ming so‘mga sotib yuborishganini aytishgan. Jabrlanuvchi ushbu so‘zlarga ishonmayotganini aytmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика