1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi

Marhum shoir 84 yoshda edi.

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi

 

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol bugun, 27 sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.

 

Jamol Kamol 1938 yil 26 aprelda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Chikaron qishlog‘ida tug‘ilgan.

 

1992 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvonini olgan.

 

Dastlabki sheʼriy to‘plami — «Olam kirar yuragimga» (1968). «Cho‘qqilarga yog‘ildi yog‘du» (1971), «Tosh tug‘yon» (1973), «Hasan va oy» (1974), «Quyosh chashmasi» (1975), “Dostonlar” (1978), “Tafakkur” (1979), “Qadah” (1980), “Suvaydo” (1983), «Umidli dunyo» (1988) kabi sheʼriy asarlar muallifi.

 

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si, Ibn Sino, V. Shekspir, Bualo, Pushkin kabi jahon adabiyoti siymolarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика