Energetika vazirligining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda O'zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Xususan, respublikaning deyarli barcha hududlarida kunning ma’lum vaqtida elektr energiyasini uzishga majbur bo‘linmoqda.
Jumladan, iyun oyida jami 34,8 mln kVt/soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt/soatni tashkil qilgan. Ta'kidlanishicha, yoz fasliga o‘tilganidan beri jami 210 mln kVt/soat majburiy cheklov qo‘llanilgan.
Vazirlikning qo'shimcha qilishicha, iyul oyida O'zbekistonda ob-havoning haddan tashqari isib ketgani elektr energetikasini uzluksiz hamda yo‘qotishlarsiz yetkazib berishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.


