1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 1-iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Haftaning dushanba va payshanba kunlari tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan yordamlar bo‘yicha onlayn tarzda maslahat beriladi.

O‘zbekistonda 1-iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan «Tadbirkorlarga maslahat» tamoyili asosidagi xizmat joriy yilning 1 iyul sanasidan yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bunda haftaning dushanba va payshanba kunlari tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan yordamlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risidagi turli mavzular bo‘yicha onlayn tarzda maslahat beriladi.

 

Qayd etilishicha, ushbu maslahatlar bo‘yicha barcha majburiyatni bajarish jamg‘arma majburiyatida emas.

 

Tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring va tahlil qilish hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish joriy etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика