1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 10 oyda 10 mingdan ortiq shaxs oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi

Mulkka zarar yetkazish, kamsitish, qo‘rqitish va badanga yengil shikast yetkazish kabi holatlar uchun jarima hamda 25 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan.

O‘zbekistonda 10 oyda 10 mingdan ortiq shaxs oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi

 

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida oilaviy zo‘ravonlikka oid huquqbuzarliklar bo‘yicha 10 mingdan ortiq fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida jami 10 300 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy zo‘ravonlik) bilan javobgarlikka tortilgan.

 

Oliy sudning qayd etishicha, ushbu modda bo‘yicha javobgarlik quyidagi holatlar uchun qo‘llanadi:

 

— mulk, sog‘liq yoki mehnat qilish huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish;

— mulk va shaxsiy buyumlarga qasddan zarar yetkazish;

— sha’ni va qadr-qimmatni kamsitish, qo‘rqitish;

— yaqin qarindoshlarni bir-biridan ajratib qo‘yish;

— oilaviy muhitga zarar yetkazuvchi boshqa zo‘ravonlik turlari.

 

Mazkur huquqbuzarliklar uchun BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

 

Shuningdek, turmush o‘rtog‘iga, sobiq turmush o‘rtog‘iga, birga yashovchi shaxsga yoki farzandga badanga yengil shikast yetkazish, qisqa muddatli sog‘lig‘iga putur yetkazish yoki mehnat qobiliyatining yengil darajada yo‘qotilishiga sabab bo‘lish holatlari uchun 15 sutkadan 25 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin.

 

Oliy sud oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida amaldagi qonunchilik talablarini qat’iy bajarishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика