1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 11 noyabr bayram kunlari qatoriga qo‘shilyapti

Bu bo‘yicha Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritilmoqda.

O‘zbekistonda 11 noyabr bayram kunlari qatoriga qo‘shilyapti

 

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga qo‘shish belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy saytida xabar berildi.

 

Qayd etilishicha, Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan.

 

Jumladan, bir guruh deputatlar tomonidan qonun tashabbuskorligi huquqi asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.

 

Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilyapti. Yaʼni 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga qo‘shish belgilanmoqda.

 

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasi haqida fikr-mulohazalarini bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика