1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 11 ta korxona yopildi

56 nafar mas’ul javobgarlikka tortilishi mumkin.

O‘zbekistonda 11 ta korxona yopildi

 

Osh tuzini yodlash talablariga rioya etmagan 11 ta korxona faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 69 ta tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan 178 ta osh tuzi namunalaridan 58 tasi (32,5 foizi) belgilangan me’yorlarga javob bermasligi aniqlanib, 74,8 tonna osh tuzi qayta ishlashga qaratilgan.

 

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 56 nafar javobgar mas’ullarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy sudlarga yuborilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика