1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 18-noyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi eʼlon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18-noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda 18-noyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi eʼlon qilindi

 

 

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; shimolda kechasi 12-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. Avtoyo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика