1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda 360°da qoidabuzarliklarni aniqlash boshlandi

Yangi qurilma yo‘llarda avtomobillarning 7 ta qoidabuzarlik harakatini aniqlaydi.

O‘zbekistonda 360°da qoidabuzarliklarni aniqlash boshlandi

 

Bugundan boshlab Toshkent viloyatida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakati havsizligi xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, viloyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishga tushirildi.

 

Bundan maqsad - respublika hududida YTHlarni oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini taʼminlash.

 

Yangi qurilma yo‘llarda avtomobillarning 7 ta qoidabuzarlik harakatini aniqlaydi.

 

Qurilma to‘xtab turganda va harakat davomida ham quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi:

 

  • o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish;
     

  • harakatlanish tezligini meʼyoridan oshirish;
     

  • svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik (to‘xtash chizig‘ini bosish);
     

  • yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
     

  • yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik;
     

  • yo‘nalishli transportlar harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarga o‘tib harakatlanish yoki to‘xtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
     

  • davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yo‘qligini aniqlaydi.

 

Xabarda barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlari so‘ralgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика