Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tug‘ilgan egizaklar soni 6 329 nafarni tashkil etgan.
Shundan:
o‘g‘il bolalar – 3 209 nafar;
qiz bolalar – 3 120 nafarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston bo‘yicha 137 456 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Shundan, 71 287 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 66 169 nafar qiz bolalar dunyoga kelgan.


