1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda 6 ta bojxona posti tugatiladi

“Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonda 6 ta bojxona posti tugatiladi

 

 

Farmon bilan quyidagi hududlarda toifadan tashqari maqomga ega bo‘lgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi:

 

  • 2021 yil 1 oktyabrdan Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalarida;

  • 2022 yil 1 apreldan boshqa hududiy boshqarmalarda.

 

Hududlardagi 6ta bojxona posti tugatiladi. Ular:

 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Naymanko‘l” temir yo‘l chegara bojxona posti;

  • Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi tola” TIV bojxona posti;

  • Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi” temir yo‘l chegara bojxona posti;

  • Surxondaryo viloyatidagi “Amuzang” temir yo‘l chegara bojxona posti;

  • Farg‘ona viloyatidagi “Beshariq” temir yo‘l chegara bojxona posti;

  • Farg‘ona viloyatidagi “O‘qchi” chegara bojxona posti.

 

2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.

 

2021 yil 1 dekabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:

 

  • veterinariya va fitosanitariya organlarining hujjatlarini “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali tekshiradi;

  • veterinariya va fitosanitariya organlarining tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.

 

2022 yil 1 yanvardan:

 

  • ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari TIF ishtirokchisiga 3 ish kuni davomida qaytariladi;

  • bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi;

  • Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика