1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda 7-yanvar kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertangi ob-havo ma'lumotlarini taqdim etdi.

O‘zbekistonda 7-yanvar kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

 

“O‘zgidromet” 7-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechaga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика