1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 1,3 trln so'mga yetdi

Bugungi kunga qadar debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha sudlarga 71,5 mlrd so‘mlik daʼvo arizalar kiritilgan.

O'zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 1,3 trln so'mga yetdi

 

Respublika bo‘ylab isteʼmolchilarning ichimlik suvi va oqova xizmatlardan debitor qarzdorligi 1 trln 369 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda respublikada isteʼmolchilarning debitor qarzdorligi 1 trillion 369 milliard so‘mni  tashkil etmoqda. Shundan jismoniy isteʼmolchilarning qarzdorligi 1 trillion 165 milliard so‘mni tashkil etsa, 204 milliard so‘mlik qarzdorlik yuridik isteʼmolchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

 

Shuningdek, bugungi kunga qadar debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 13 873 ta 71 milliard 523 million so‘mlik daʼvo arizalar kiritilgan. Shundan 5 761 ta ariza yuzasidan 45 milliard 168 million so‘m undirilishi bo‘yicha sud tomonidan qaror qabul qilgan.

 

Sudlarga Respublika bo‘yicha eng ko‘p daʼvo arizalari Toshkent shahri va Toshkent viloyati suv taʼminoti korxonalari tomonidan chiqarilgan bo‘lib, har bir hududdan 4 236 tani tashkil etadi.

 

Bundan tashqari, MIBga 31 milliard 37 million so‘mlik 5 897 ta ijro varaqalari berilgan bo‘lsa, shundan 3 292 ta ariza ishining 14 milliard 991 million so‘mlik mablag‘lari undirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика