2025-yil yakuniga qadar, O‘zbekistonda "Yevro - 4" standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanishi mumkin.
Bu haqida Prezidentning "O‘zbekiston - 2030 strategiyasini Atrofi-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyoti yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida e'lon qilindi.
Shuningdek, joriy yilda respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda.


