1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda bayram kunlari tibbiyot muassasalari 24 soat ishlaydi

Respublika bo`yicha 40 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi

O‘zbekistonda bayram kunlari tibbiyot muassasalari 24 soat ishlaydi

 

O‘zbekistonda 28-iyundan 2-iyulga qadar tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligii matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

 

  • 1267 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,

  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,

  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,

  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,

  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, 

  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

 

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. 

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida 24 soat xizmat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 27 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика